O‘zbekiston chegara hududiga Afg‘oniston tarafdan 5 ta snaryad kelib tushgani xabar qilindi

O‘zbekiston chegara hududiga Afg‘oniston tarafdan 5 ta snaryad kelib tushgani xabar qilindi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma’lum qildi.

«Shu yilning 5 iyuli Taxminan soat 16:20 larda Afg‘oniston hududidan O‘zbekiston bilan chegaradosh hududda beshta raketa o‘qlari uchib o‘tgani haqida xabar berilgan.

Qayd etish joizki, snaryadlar tushganda portlashlar sodir bo‘lmagan, buning natijasida inson qurbonlari va vayronagarchiliklar kuzatilmagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan to‘rtta xususiy uyga kichik zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor birligi tomonidan zararsizlantirildi.

Hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda», deyiladi xabarda.