AQSH Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar yuzasidan xavotir bildirdi va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor qildi.
«Biz O‘zbekistonning demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz rasmiylarni O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari va burchlariga muvofiq, barcha asosiy huquqlar, shu jumladan tinch yig‘ilishlar va o‘z fikrini ifoda etishga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishga chaqiramiz.
Biz rasmiylarni zo‘ravonliklarni xalqaro me’yorlar va ilg‘or tajribalar asosida to‘liq, ishonchli va oshkora tergov qilishga chaqiramiz.
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlaydi».
Eslatib o‘tamiz, ushbu voqealar yuzasidan qo‘shni davlatlar, Xitoy, Rossiya, Turkiya kabi davlatlar rasmiylari ham bayonot bilan chiqqandi.