Ta’limi, ekologiyasi, eng baxtli aholisi bilan dunyoga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Finlandiya endi quyosh energiyasini to‘plovchi ilk qumli battareyaning Vatani deya e’tirof etilmoqda.
Shu yilning 5 iyul sanasida Garbiy Finlandiyaning quyosh, shamol va boshqa bir qancha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini to‘plash imkonini beruvchi Vatajankoski nomli energiya ishlab chiqarish zavodida ilk qum battareyalar ixtiro qilindi. Tashqi tomondan ushbu battareyalar ulkan bir metal bunkeriga o‘xshaydi. Ichki tarafiga razm solganda esa yuzlab tonna qum tarkiblaridan iborat. Bu ixtironing yaratilishidan maqsad ham oddiy: arzon, notoza qumli suv havzalarini isitishda bu energiyadan foydalanish.
Qum temperaturasi 500° gacha boradi. Bu esa issiqlik almashinuvida ishlatiladigan akkummulyatorning kamerasi ichida aylanuvchi havoni isitishga ko‘mak beradi. Akkummulyatordan chiqqan issiq havo esa markaziy isitish tizimiga yo‘nalgan suv ta’minotini isitadi. To bu bosqichga kelgungacha barcha turar joylar, ofislar hamda mahalliy suv havzalari allaqachon isitish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak, albatta.
Qumning eng yuqori issiqlik darajasi sovuq ob-havoda ham turar-joy binolarini isitish uchun qo‘llaniladigan energiyani bir necha oylab saqlab turish imkonini beradi.
Ayni paytda qum battareyalar biz doimiy ishlatib keladigan, ancha qimmat shuningdek, ko‘p joy oluvchi hamda uzoq vaqt quvvat oldirishga chidamsiz litiy (odatda battareyalarda qo‘llaniladigan eng yorqin va yumshoq kumush metal)li battareyalarga qaraganda muqobilroq ekanligi ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, Finlandiyada qish anchayin uzoq va boshqa davlatlardagiga nisbatan birmuncha sovuq keladi. Bunday sovuqda uylarni isitish hamda energiya bilan ta’minlash oddiy aholi bilan bir qatorda siyosatchilarni ham yillar mobaynida tashvishlantiradi. Mamlakatda qilingan bu ixtiro esa ayni shu muammoni bartaraf etishda yaxshigina ko‘mak berishiga umid qilinmoqda. Ehtimol, ushbu texnologik yangilik olamshumul bo‘lmas. Ammo undan ko‘zlangan potensial anchayin yuqoriligi aytilmoqda.
Mashhura KARIM tayerladi