O‘zbek ipagi Yevropa qimmatli qog‘ozlarida ishlatiladi

O‘zbek ipagi Yevropa qimmatli qog‘ozlarida ishlatiladi. Bu haqda «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

«Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlik qiluvchi Germaniyaning “Giesecke & Devrient Currency Technology” kompaniyasi vise-prezidentlari Aleksandr Iogann Shyuks va Arkadiy Borisovich Notkinlar o‘zbek ipagini o‘z qimmatli qog‘oz va banknotalarida ishlatish taklifi yuzasidan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining bosh maslahatchisi Olimjon Jumayev va Texnika fanlari doktori, professor Xalima Alimovalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ipak qo‘shib ishlangan qog‘oz bilan o‘tkazilgan amaliyot mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi. O‘zbek ipagining sifatiga germaniyaliklar tomonidan katta qiziqish bildirildi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘zbek ipagi sifati bo‘yicha jahonda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi.