TIV Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyuldan 2-avgustga qadar favqulodda holat joriy etildi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi «Daut-ota» — «Tajen» (avtomobil) o‘tish punktida fuqarolar va yengil transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan. Shu bilan birga, ushbu punkt nuqtasi orqali yirik yuk tashuvchi avtomobillarning o‘tishiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, «Nukus-Beyneu-Nukus» yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l aloqasi ham to‘xtatildi.

O‘zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari O‘zbekistonga O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi «Daut-ota» dan tashqari o‘tish punktlari orqali kelishlari mumkin.

Shuningdek, «Aqtau-Nukus», «Aqtau-Urganch», «Olmaota-Toshkent», «Olmaota-Samarqand» va «Nur-Sulton — Toshkent» yo‘nalishlaridagi havo qatnovi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari maslahat uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi (Nur-Sulton shahri) – 8 (717) 295-45-87;

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi– 8 (727) 390-26-16, 8 (727) 299-20-70;

O‘zbekistonning Oqtau shahridagi Bosh konsulxonasi – 8 (729) 277-71-17.