Bankomatlar orqali yirik naqd pul yechish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya o‘rnatiladi

Айтишларича, banklar tajriba tariqasida bankomatlar orqali yirik naqd yechish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya o‘rnatmoqda. Bir milliongacha naqd yechish uchun komissiya avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan – 1 foiz.

Bank va mijoz teshegram kanali esa ushbu holatni yoqlab chiqmoqda. Ta’kidlashlaricha, odatda «barыgalar» (tijoriy maqsadlarda naqd puldan foydalanuvchilar) katta miqdordagi naqdlikni yechib ketishadi, pensioner/ byudjetniklarga naqd pul qolmaydi. Ya’ni naqd pulga nisbatan iste’mol xaridi uchun talabgorlarning talabi qondirilmay qoladi.

Tabiiyki, bozor va biznes qoidalariga ko‘ra, talab va taklifni muvozanalash uchun katta miqdorda naqdlik yechish uchun yuqoriroq komissiyalar o‘rnatilishi iste’molchilar uchun ham, banklar uchun manfaatli qadam bo‘ladi, deya ta’kidlaydi kanal ma’muriyati.

«Go‘yoki 1 mlngacha 1%, qolganiga oshirilgan komissiya qo‘llanar emish. Bariga, bankomatlar ishlamasligi, naqd pul yo‘qligi — plastik karta egalarining muammosi emas. Bu bank tizimi rahbariyatining no‘noqligi muammosidir balki.

Bu ochiqdan-ochiq xalqni talashga intilish, noto‘g‘ri amaliyotni yana noto‘g‘ri amaliyot bilan haspo‘shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Go‘yoki O‘zbekiston banklari bozor munosabatlariga o‘tgan-u, hozir ma’muriy cheklovlardan qiynalib qolishyapti. Muammoni boshqa muammo bilan, xalqqa og‘irroq qilish bilan yechim izlamang.

Kimga imkon berilsa, birinchi bo‘lib xalqqa o‘lpon solishni o‘ylaydi. Ikki raqamli inflyasiya, yana o‘z pulingni to‘ya qilishlari talonchilikdir, deya yozadi davletovuz o‘zining telegram kanalida.