O‘zgidromet 15 iyul kuni respublikaning ko‘plab hududlarida havo harorati yuqori nuqtasi +40 daraja va undan yuqori bo‘lishini prognoz qildi.
15 iyul kuni Turkmaniston markazidagi past bosimli issiq va quruq havo sektori chekka qismi respublikaga chuqurroq kirib keladi.
Bu paytda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +43 darajaga, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida +41 darajaga ko‘tariladi.
Soha mutaxasis sinoptiklari Farg‘ona vodiy viloyatlarida ham bu kuni maksimal havo harorati qariyib +40 darajaga yetishini prognoz qilishmoqda.