Xatirchi tumanida ikki kishi YTH oqibatida vafot etdi

Joriy yilning 2 iyul kuni soat 15:30 atrofida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti avtomashinasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib ag‘darilgan.
Ushbu yo‘l-transport oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

Avtomashinada bo‘lgan yana bir yo‘lovchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.