«Haj – 2022» dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar 2022 yil 14 iyul – 4 avgust kunlari vatanga qaytib keladi.
O‘zbekistonga qaytuvchi ziyoratchilar o‘z parvozlarini Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yo‘lovchi tashish reja qilingan.
«Haj – 2022» tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bort kuzatuvchisi jalb etilgan.
Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.