Nokia’ning muvaffaqiyatsizligi ortidagi sabab nima edi?

Ko‘p tarmoqli korporasiyalardan biri bo‘lgan Nokia 1865 yili Finlandiyada tashkil etilgan.  O‘z vaqtida dunyoning eng katta uyali aloqa kompaniyasi sanalgan ushbu brend bugunga kelib o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi.

Xo‘sh, asli nima sodir bo‘lgan edi? Kompaniyaning muvaffaqiyatsizligi ortidagi asl sabab nima edi? Buni tushunish uchun esa, dastavval, Nokia qay tarzda dunyo sahnasida eng katta va mashhur brendga aylangani haqida to‘xtalib o‘tsak.

Dastlab, Nokia kompaniyasi “Mobira” nomli uyali aloqa kompaniyasini sotib oladi va telefon apparati qurilmasini ishlab chiqara boshlaydi. Buning ortidan,1982 yili o‘zining birinchi “Nokia Mobira Senatori” nomi bilan tanilgan avtomobil telefonini ommaga havola qiladi. Uning og‘irligi va kattaligi 10 kg kelardi. 1984 yilda o‘z nomi bilan, birinchi ko‘chma telefon “Nokia Mobira Talkman” ni yaratadi. Undan avtomobilning ichida ham tashqarisida ham foydalanish mumkin edi. Uning vazni 5kg bo‘lgan. 1987 yil Nokia avvalgi telefonlarga qaraganda ancha yengilroq va qulayroq bo‘lgan yangi ixtiro “Nokia Mobira CityMan” uyali aloqasi bilan butun dunyoni hayratga soladi va istalgan yerda undan foydalanish imkoni yaratiladi. Uning vazni atigi 800 gr kelardi.

“Mobira CityMan” kompaniya uchun haqiqatda katta muvaffaqiyat olib keladi. Bu mahsuloti bilan Nokia dunyoning eng mashhur kompaniyasiga aylanadi. Tarixda 1991 yili Finlandiya bosh vaziri Garri Golkeri ushbu uyali aloqa vositasi orqali ilk qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan shaxs bo‘lgan. 1992 yil Nokia 1011 yaratiladi. Ushbu mobil qurilma ham Yevropa va AQSH bo‘ylab kompaniyaning katta yutuqlaridan biriga sababchi bo‘lgan. Eng katta sotuv hajmiga ega bo‘lgan 2100 markalari 1994 yilda chiqarila boshlangan. Nokia ushbu marka ostida atigi 1 mln ta telefon sotishni rejalashtirgan edi. Biroq sotuv hajmi 20 mln gacha oshib ketgan. Bu paytga kelib kompaniya o‘zining bir qancha rejalarini olg‘a surayotgan davrda, katta bir xatoga yo‘l qo‘ydi: bozor imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmadi.

1990 yili kompaniya 9 yildan keyin dunyo bo‘ylab mobil qurilma foydalanuvchilari 40mln ga yetadi deb bashorat qila boshlagandi. Biroq ular adashishgandi. Aksincha, 1999 yilda foydalanuvchilar hajmi 250 mln ga yetdi. Shunga qaramay, Nokia Motorola kompaniyasini quvib o‘tdi va uyali aloqa qurilmasi ishlab chiqarish bozorida yetakchilikka erishdi. Jahon  bozorining 25% ulushuga egalik qilgan Nokia ning barcha mahsulot modellari savdo aylanmasida birinchi bo‘ladi. Kompaniya bu paytda o‘z mahsulotlarining ko‘rinishi va o‘ziga xos xususiyatlari ustida yangilik kiritishda davom etardi.

2003 yildan tortib 2005 yilgacha Nokia 1100 hamda Nokia 1101 uyali aloqa vositalari Nokia’ning eng kassabop maxsulotlari bo‘lgan. Tez orada Osiyo bozorining 70% ulushga egalik qilib, bozorni o‘z nazoratiga oladi. Biroq bir yo‘lda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Kompaniya bozor jarayonlariga va sharoitlariga to‘liqligicha moslashishni ko‘zlayotgandi. 2010 yilning oxirigacha iOS va Android Yevropa va AQSH bozorlariga tanishtiriladi. Xitoyning o‘zida ko‘plab mahalliy uyali aloqa qurilmalari yaratiladi. Osiyo va O‘rta Sharq mamlakatlarida Samsung va Motorola arzonroq va yaxshiroq modelda keng tarqala boshlaydi. Flip uyali aloqa vositalarini eslaysizmi? Moto Razr nichi? 2010 yilgacha ko‘pchilik telefon ishlab chiqarish kompaniyalari Android’ni tanlaydilar. Ammo Nokia Simbian bilan o‘ralashib qoldi. Google va Apple kompaniyalarining tashkil etilishi bilan, Nokia kompaniyasi bozorda ular bilan raqobat qilishni qiyin deb topadi. Endi kompaniya butun dunyoning dasturiy ta’minotga ehtiyoji bor apparatlarni ishlab chiqarishga e’tibor qaratishda davom etdi.

Stefen Elop Nokianing yangi ijrochi direktorligiga o‘tgach, xatolar ustida qayta ishlashga kirishadi. Ko‘p narsalarni o‘zgartirishga urinadi. Orqaga qaytishga urinib ko‘rmoqchi bo‘lganida xatoga yo‘l qo‘yadi. Ular Android’ni tanlamoqchi edi. Lekin uning o‘rniga, windows ni tanlashadi. Bu Nokia uchun “tobutdagi so‘nggi mix” bo‘ladi. Windows operasion tizimi bilan yagona va noyob bo‘lib qolmoqchi

edi. Ammo ular anglagan narsa shuki, Windows operasion tizimi uyali aloqa qurilmalari bilan yaxshi chiqishmasdi. Bu tizim Android va iOS da millionlab dasturlarga ega edi.

Nokia ekotizimga ega bo‘lmagan Windowsga biriktirib bo‘lingandi. Bir vaqtlar uyali aloqa kompaniyasi gigantlari qanday qilib muvaffaqiyatsizlikka uchragani sababi ayni shu edi.

Ingliz tilidan Mashhura KARIM tarjimasi