Bodom suti suvga solib qo‘yilib, ivitilgach sizib olinadi. Ba’zan unga shakar yoki asal qo‘shiladi. Bozorda sotiladigan bodom sutlariga odatda kam miqdorda bodom qo‘shilib, suv ko‘proq qo‘shiladi.
Gohida esa vitamin va minerallar bilan boyitiladi. 100 millilitr bodom sutida o‘rtacha 4 gramm protein va 120 milligram kalsiy mavjud.
Xo‘sh, bodom suti chindan ham sog‘lik uchun foydalimi? Bodom suti hammaga mumkinmi? Oziq-ovqat mutaxasisi Nikola Shubruk, BBC Good Food veb sahifasida yozishicha, bodom sutining 5 foydali xususiyati bor:
- Bodom suti sut mahsulotlaridek emas
Bodom sabzavotlar turkumiga mansub bo‘lganligi bois sigir sutiga allergiyasi borlar ham undan bemalol iste’mol qilishi mumkin. - Tabiiy laktozasiz Hayvonlar sutida mavjud bo‘lgan tabiiy laktozalarni barchaning organizmi birdek hazm qilolmaydi. Bodom esa tabiiy laktozasiz, shu sababli ham laktozaga moslasha olmagan organizmlar uchun sutning muqobil varianti bo‘la oladi.
- Kaloriyasi past Boshqa sutlar bilan solishtirganda bodom sutining kaloriyasi ancha past. 100 millilitr bodom sutining kaloriyasi 30 yoki 55 orasida. Bu ko‘rsatgich esa kaloriyaga ta’sirchan bo‘lgan organizmlar uchun yaxshi tanlovdir.
- Yaxshi kalsiy manbayi Sabzavotlar iste’mol qilishni xush ko‘ruvchilar uchun bodom suti, mavjud kalsiy miqdorini yanada orttiradi. Bodom sutlarida odatda o‘rtacha 100 millilitrdan 120 millilitrgacha kalsiy bo‘ladi. Bu esa sigir suti bilan barobar. Yoshi kattalar organizmi kuniga 700 milligram kalsiy qabul qilishi zarur. Uyda tayyorlangan bodom sutlari esa bu talabga javob bermaydi.
- Vitaminga boy Ayni paytda bodom Ye vitaminining manbayi hisoblanadi. Ye vitamini immun tizimining yaxshilanishiga yordam berish bilan birga teri va ko‘zning sog‘lom bo‘lishi uchun ham muhim antioksidantdir.
Sotuvdagi ba’zi bodom sutlarida D vitamini bilan birga qo‘shimcha vitaminlar ham mavjud bo‘ladi. Asab tizimiga yordamchi bo‘lgan B12 vitamini ham odatda hayvonlarning ozuqasida mavjud bo‘lgan vitamin bo‘lganligi sabab sabzavotli sutlarda ushbu vitamin ko‘proq bo‘ladi.
BODOM SUTI BARCHAGA MUMKINMI?
Biror jiddiy sabab bo‘lmasa bodom sutini hamma ichishi mumkin. Faqat ahamiyat berish lozim bo‘lgan o‘rinlar bor.
Xususan, po‘stlog‘i bor yeguliklarga allergiyasi bo‘lgan kishilarga mumkin emas. Agar sizda shunday allergiya bo‘lsa bodom sutini ichmaganingiz ma’qul. Bir yoshdan boshlab bolalarga ham shakar yoki asal qo‘shilmagan sabzavotli sutlar berish mumkin. Biroq, bodom sutining kaloriyasi, proteini va yog‘ miqdori kam bo‘lganligi bois bolalarga ko‘p miqdorda berilmasligi maqsadga muvofiq, shuningdek, muntazam ovqatlanish rasioniga kiritilmasligi kerak.
Doimiy sabzavotli mahsulotlarga ehtiyoji borlar esa zaruriy vitamin hamda minerallarni olishlari uchun vitaminlar bilan boyitilgan bodom sutini iste’mol qilishlari lozim.
(Eslatma: Ushbu ma’lumotlar tibbiy tavsiya sifatida qabul qilinmasligi kerak. Bu bilimlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadi bilan berildi)
Dilbar Rajabova tayyorladi