16 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bugun soat 3:21 da Qozog‘iston Respublikasi Shesskiy tumanidan o‘tgan “Almata-Yekatrinburg” avtomobil yo‘lining 850 km.da harakatlangan, MAN yuk mashinasi va “Mercyedyes-Benz Sprinter” yo‘lovchi mikroavtobusi to‘qnashgan.
Oqibatda mikroavtobus ichida bo‘lgan 17 nafar yo‘lovchilardan 8 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 9 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jaroxati olib, Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasiga yotqizilgan.
YTH oqibatida mikroavtobus salonida bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 2 nafari voqea joyida vafot etgan hamda 3 nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Qozog‘iston mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda.
Hozirda, ushbu xolat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi IIV hodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma’lumot almashinuvi davom etmoqda.