Avval xabar berilganidek, bugun Qozog‘iston Respublikasi Karaganda oblasti Shetskiy tumanida MAN yuk mashinasi va «Mercyedyes-Benz Sprinter» yo‘lovchi mikroavtobusi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.
«O‘rganish natijalariga ko‘ra, «Mercyedyes-Benz Sprinter» mikroavtobus salonida bo‘lgan 18 nafar yo‘lovchilardan 8 nafari (Qozog‘iston fuqarolari) voqea joyida vafot etgan, xalok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganida ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q ekanligi aniqlandi», deyiladi FVVning qo‘shimcha ma’lumotida.
Shuningdek, 10 nafari turli darajalarda tan jarohati olgan, ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ayni vaqtda ularga Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Ulardan 1 nafariga ambulator davolanish uchun ruxsat berilgan.
Avvalgi berilgan birlamchi shoshilinch xabarda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi xalok bo‘lganligi aytilgan edi. Qozog‘iston mas’ul xizmatlari tomonidan mukammal o‘rganilib, fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganda xalok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.