Alkogolizm yohud jigar sirozi kasalligi nima sababdan kelib chiqadi

Jigar sirrozi rivojlanib boradigan kasallik; bunda jigar to‘qimasi yallig‘lanib, uning bir qismi biriktiruvchi to‘qima bilan almashinadi.

Jigarning o‘tkir yallig‘lanishi — gepatitda, uning B, S, D shakllarida, o‘tkir gepatit surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm brusellyoz kabi yuqumli kasalliklarda, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarining surunkali yallig‘lanishida, turli kimyoviy moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda paydo bo‘ladi.

Jigar sirrozi — sekin rivojlanadigan surunkali kasallik.

Jigar sirrozi tekshirganda jigarning qattiqlashgani va funksiyasining buzilganligiga qaramay, kishi uzoq vaqt hech qanday xastalik alomatini sezmay yurishi mumkin.

Kasallik zo‘rayganda bemor darmonsizlanadi, ozib ketadi, ishtahadan qoladi, kekiradi, ko‘ngli ayniydi, ba’zan qusadi, ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi, asti rivojlanadi.

Davoni esa vrach tayinlaydi.