Afrikada noma’lum kasallikdan o‘lim holati qayd etilmoqda

Tanzaniyada kasallangan 13 kishidan uchtasi noma’lum kasallikdan vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallik alomatlari Ebolani eslatadi: burundan qon ketish, isitma, bosh og‘rig‘i va charchoq.

Shu bilan birga, shifokorlarning ta’kidlashicha, testlar Ebola isitmasi tasdiqlanmagan, bemorlarda COVID-19 testlari ham salbiy nftija ko‘rsatgan. Kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarning barchasi kuzatuv ostiga olingan.