Miliarder Bil Geyts boyligini ehson qilishini va boylar ro‘yxatidan chiqishini ta’kidladi.
Mikrosoftning asoschilaridan bo‘lgan sherigi, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan tashkil qilgan vaqfga 20 milyard dollar ajratishini e’lon qildi. Dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan Geyts, mablag‘larni jamiyatga qaytarishdek “mas’uliyati” borligini aytdi.
Amerikalik biznesmen, ilk bor 2010 yilda boyligini ehson qilish haqida so‘z ochgandi, o‘sha voqeadan keyin bugungacha uning boyligi ikki baravar ortdi. “Forbes” jurnalining ma’lumotiga ko‘ra, Geytsning boyligi 118 milyard dollar.
2000 yilda Geytsning boyligi sobiq turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda asos solgan “Bill va Melinda Geyts” vaqfiga iyul oyida qilinadigan ehsondan keyin sezilarli darajada kamaygan.
Geyts, Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasidagi izohiga ko‘ra, pandemiya, Ukraina urushi hamda iqlim o‘zgarishi singari so‘nggi yillarda yuz bergan global muammolar tufayli vaqfning xarajatlarini 2026 yilgacha yiliga 6 milyard dollardan 9 milyard dollarga chiqarishini ta’kidladi:
“Kelajakka nazar tashlab turib, oxir oqibat boyligimning hammasini vaqfga berishni o‘ylayman. Dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatidan chiqaman. Boyligimni, qiyinchiliklarni kamaytirish va hayotni yaxshilash yo‘lida eng samarali usullar bilan jamiyatga qaytarib berishga mas’ulman. O‘ylaymanki, boshqa badavlat kishilar ham xuddi shunday yo‘l tutishadi”.
“Bill va Melinda Geyts” vaqfi; bezgakka o‘xshash kasalliklarni yo‘qotish uchun, ta’limni yaxshilash hamda yuqumli kasalliklar bilan kurashish maqsadida turli davlatlarda faoliyat olib bormoqda.
Vaqf 2020 yilda 49.8 milyard dollarlik mablag‘ga ega dunyoning eng katta ikkinchi xayriya markazi ekani va milyarder investor Varren Buffet singari boshqa badavlat shaxslarning ham vaqfga o‘z hissasini qo‘shgani ma’lum.
“Forbes” ning ma’lumot berishicha, 1995-2010 va 2013-2017 yillar orasida Geyts dunyoning eng badavlat insoni edi.
2017 yilda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos, 2022 yilda esa “Tesla” asoschisi Ilon Mask cho‘qqiga chiqdi.
Dilbar Rajabova tayyorladi