Kelayotgan 7 kunlikda Shoximardonsoy, Isfayramsoy va So‘x daryolarida suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
«O‘zgidromet» bosh direktori Sh. H. Habibullayev 18-iyuldan 24-iyulga qadar Farg‘ona viloyatiga qo‘shni Qirg‘izistondan oqib keluvchi daryolarda glyasial(muz erish) vaziyat tufayli suv toshqin xavfini e’lon qildi.
Daryolarda suv toshqin asosan kechki, tungi muddatlarda o‘tishi inobatga olinib, yuqoridagi daryo-soy qirg‘og‘ida dam oluvchilar xushyorlikni oshiraverishi kerak.