Oqsilga boy mahsulotlar
Aslida parhezshunoslar tomonidan oqsilga boy taomlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi, lekin jaziramada emas. Chunki issiqda oqsilning organizmda qayta ishlanishi qiyinchilik keltirib chiqaradi. Shu sabab ham yoz kunlarida energiyani uglevodga boy meva va sabzavotlardan olish tavsiya qilinadi. Bu degani tarkibida oqsil bo‘lgan mahsulotlarni rasiondan butkul chiqarib tashlash kerak emas, shunchaki qisqartirish — go‘sht, baliq mahsulotlarini kamroq iste’mol qilish kerak.
Muzdek ichimlik va muzqaymoq
Qanchalik g‘ayritabiiy tuyulmasin, muzdek narsani iste’mol qilayotgan vaqtning o‘zidagini odam sovuqni his qiladi. Yaxna ichimlik yoki muzqaymoq tugaganida esa avvalgidan ham ko‘proq issiqlik bilinadi. Gap shundaki, organizm muzdek mahsulotni shundayligicha hazm qila olmasdan avvaliga tana harorati darajasida isitib olishi kerak. Bundan tashqari, muzqaymoq va havo haroratidagi kontraslik sabab, bosh og‘rishi kuzatiladi. Shu bois xona haroratidagi ichimlik ichish tavsiya qilinadi.
Chanqatadigan mahsulotlar
Sitrus, sut va qayta ishlangan mahsulotlari, xususan, kefir, shirinlik va pirojniylarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Ular organizmni suvsizlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, konfet, ponchik, makaron va non ham ushbu ro‘yxatga kiradi.
Siydik haydovchi mahsulotlar
Mango, cyelderey, rezavorlar va banan shunday mahsulotlar qatoriga kiradi. Ularni iste’mol qilgandan keyin yetarli miqdorda suyuqlik ichish kerak, yo‘qsa organizmda suvsizlanish kuzatilib holdan toyasiz. Lekin, qahva bundan mustasno, undan besh finjon ichilganidan keyingina organizmda suvsizlanish kuzatiladi, bir finjon sut qo‘shib ichilganida esa zarar bo‘lmaydi.
Achchiq qalampir
Qizil qalampir ozishga yordam bergani, qon aylanishini yaxshilagani bilan uning tarkibida qizitish xususiyatiga ega kapsaisin moddasi bo‘lgani sabab ham, issiq kunlarda iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki tashqari va ichingizdagi issiq harorat to‘g‘ri kelmasdan, o‘zingizni yomon his qilishingizga olib kelishi mumkin.