Oqoltin hokimi o‘rinbosari ham pora bilan qo‘lga tushdi

Oqoltin tumani hokimining o‘rinbosar 400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari o‘z xizmat xonasida mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisidan pora olishda qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi avval ham MCHJ mas’ullaridan 1 mln. so‘m miqdorida pora olgan. U birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga to‘sqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib kelgan. Shuningdek, 500 AQSH dollari bersa, kelgusida MCHJga rahnamolik qilishini aytgan.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.