O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi mansabdor shaxslari byudjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilgani aniqlandi

Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasida byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi.

O‘rganishda, Federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar byudjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilishgani aniqlandi.

Xususan, sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘iga asosan, Federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun byudjetdan 445 mln. so‘m ajratilgan bo‘lsada, amalda 10 kun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, 231 mln. so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchini turli sport yig‘inlariga yuborilib, 75 mln. so‘m mablag‘lar asossiz sarflangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.