Qidiruvdagi “Malibu” topilib, savdoga qo‘yilmoqda

Majburiy ijro byurosining Bog‘dod tumani bo‘limi tomonidan FIB O‘zbekiston tumanlararo sudining 18.04.2022 yil kungi qaroriga asosan qarzdor “Ikromjon Mirzaxamdam o‘g‘li” xususiy korxonasidan undiruvchi “Xalq banki” ATB Bog‘dod filiali foydasiga 135.451.228 so‘m kredit qarzni undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor ogoxlantirilgan bo‘lsada, bank oldidagi qarzini to‘lamay kelgan.

Davlat ijrochisi tomonidan 16.07.2022 yil kuni garov mulki davlat raqami 40R001TA bo‘lgan “MALIBU” rusumli avtomashina qidiruv e’lon qilingan.

Boshqarmaning qidiruv sohasi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlar davomida 18.07.2022 yil kuni “Malibu” avtomashinasi Farg‘ona shahrida joylashgan ustaxonadan topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

Hozirda xatlangan mulkni savdoga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.