Finlandiyalik tadqiqotchilar, yashil energiyani oylab asray oladigan, dunyoning ilk “Qum batareyasi” ni kashf qilishdi.
Mutaxasislar, ushbu kashfiyotning yashil energiyaning yil davomida foydalanilishi muammosiga yechim bo‘la olishini ta’kidlashmoqda.
Kam miqdorda qum sarf qiladigan ushbu jihoz, quyosh hamda shamol orqali hosil bo‘ladigan oz miqdordagi energiya bilan aylanadi. Qum issiqlikni 500 darajagacha saqlay oladi va energiya qimmat bo‘lgan qish faslida uylarni isitish uchun foydalanish mumkinligi aytilmoqda.
Finlandiya gazning asosiy qismini Rossiyadan oladi. Ukrainadagi urush tufayli o‘lkada gaz tanqisligi yanada ortdi. Rossiya, Finlandiyaning NATO ga a’zo bo‘lish haqidagi qaroridan keyin bu davlatiga gaz va elektr sotishni to‘xtatdi.
O‘lkada qish qattiq kelganligi sabab qish faslida issiqlik va elektr ta’minoti uchun zarur bo‘lgan energiya barcha Finlandiyaliklarning asosiy muammosiga aylanadi.
Qum batareyalari qanday ishlaydi?
- Quyosh panellari va shamol trubinalari elektr ishlab chiqaradi.
- Issiqlikning bir qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatiladi.
- Asosiy qismi qumda saqlanadi.
- Issiq suv, yil davomida binolarni isitish uchun ishlatiladi.
Biroq davlatning g‘arbida barpo qilingan bu tizim, mavjud muammoga vaqtincha yechim bo‘la oladi, xolos.
Jihozga 100 tonnagacha qum sig‘adi. Oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan ushbu tizim energiyaga eng ko‘p ehtiyoj tug‘ilgan vaqtda foydalanish uchun qulay yechim sifatida ishlatiladi.
Iqlim o‘zgarishi va qazilma yoqilg‘ilarning narxi yuqori suratda oshib ketishi sababli yangi energiya ishlab chiqarish tizimiga talab ham ortmoqda.
Yangi quyosh energiyasi va shamol trubinalaridan hosil bo‘lgan energiya tezda elektr tarmog‘ini yetkazib beradi. Biroq bu qo‘shimcha resurslarning qiyinchiliklari mavjud. Eng muhimi jarayonning davomiyligi hisoblanadi. Tashqarida quyosh yo‘q bo‘lsa va shamol esmasa elektr tokini qanday yoqasiz?
Qolaversa, elektir tarmoqlariga yangi energiya berayotganda tarmoqni muvozanatda tutib turish uchun boshqa energiya manbalarini ham quvvatlantirishga majbursiz. Chunki oz yoki ko‘p miqdordagi energiya tizimning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bu masalaning eng yaxshi yechimi tarmoqda energiya yashil holatga kelganida energiyani saqlay oladigan hamda muvozanatni tutib tura oladigan ulkan o‘lchov batareyalari qurishdir.
Ayni paytda batareyalarning ko‘pida litiy ishlatiladi. Bu batareyalar qimmat, uglerod esa ortiqcha. Qolaversa, bu batareyalar, ortiqcha energiyaga chegaralangan miqdorda bardosh bera olishi mumkin.
Kankaanpaa shahridagi bir guruh yosh muhandislar qumdan yasagan batareyalarining dastlabki ish jarayonlarini yakunladilar. Mavjud muammoni kam xarajat bo‘lgan shu yo‘l bilan yechishlariga ishonishmoqda.
Mashhur “Night Energi” nomli shirkatning ikki quruvchisidan biri bo‘lgan va batareyani o‘ylab topgan jamoa a’zolaridan o‘rin olgan Markku Ylo‘nen “Yashil energiya nihoyatda ko‘p bo‘lgan bu davrda tezda ishga kirishishni xohlaymiz” -, deydi.
Qum batareyasi, Vatajankoski elektr markazining bir bo‘limida qurildi. Mintaqadagi uylar ushbu markazdan isitilmoqda. Kamchiqim bu elektr qumni 500 darajagacha isitadi. Issiq havo isituvchi yordamida qumda aylantiriladi.
Energiya qimmat bo‘lgan bu davrda batareya issiq havoni mintaqaning suv isitish tizimiga yetkazib beryapti. Issiq havo esa suvni isitadi. So‘ngra bu suv atrofdagi uylarga, ishxonalarga, hatto suv havzalariga ham yetkazib berilmoqda.
Qum batareyasi Tampere shahridagi eski qog‘oz fabrikasida qurildi. Hukumat tadbirkorlarga o‘sha yerdan yana joy ajratib berdi.
Energiya va iqlim mutaxasisi Elina Seppanen “Havo juda sovuq bo‘lgan paytlarda bir necha soat ishlaydigan markaz haddan ortiq qimmatga tushadi. Biroq foydalanishning qulayligini ta’minlagan ushbu yechimimizda issiqlikni saqlash imkonimiz bo‘lsa, bu xarajatlarni qisqartiradi” -, deydi.
Eslatib o‘tamiz:
Yangi olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, dunyoda qazilma yoqilg‘isidan foydalanish kutilmagan miqdorda ortdi, qayta ishlab chiqaruvchi energiya manbalariga o‘tish surati esa turg‘unlashdi.
Dilbar Rajabova tayyorladi