Oramizda qarzdorlikni atayin to‘lamaydiganlar ham bor

Hayotda ba’zan atayin kommunal to‘lovlarni to‘lamay, buning ortidan o‘zini “qahramon” hisoblab yuradigan toifadagi kimsalar ham uchrab turadi.

Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek, shunday xayoldagi kishilardan biri «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ foydasiga 48 mln. 363 ming 100 so‘m qarzdorlikni to‘lab qo‘yishiga to‘g‘ri keldi.

Gap shundaki, Majburiy ijro byurosining Parkent tumani bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining 10.02.2020 yildagi qaroriga asosan, fuqaro E.R.dan undiruvchi «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ foydasiga 48 mln. 363 ming 100 so‘m qarzdorlik hamda davlat foydasiga 483 ming 631 so‘m ijro yig‘imi to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Yana bir holat bor!

Bugun «kredit olasam ishim besh bo‘lib ketadi», degan xayol bilan bankka murojaat qilish to‘g‘ri emas. Agar, kredit maqsadli bo‘lsa, uni biror tayinli ishga to‘g‘ri yo‘naltirilsagina foyda beradi. Yo‘qsa, kredit olish ortidan katta tashvish kelib chiqishi hech gap emas.

Masalan, fuqorolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining 24.01.2022 yildagi qaroriga asosan fuqaro D.D.ga o‘xshab undiruvchi “Kapital bank”dan 82 mln. 725 ming 185 so‘m qarz bo‘lish ortidan qiynalib yurishingiz mumkin.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra bu holatda fuqaro 4 mln. 136 ming 259 so‘m ijro yig‘imini ham to‘ladi.

Endi bir o‘ylab ko‘ringchi, ortiqcha tashvish orttirishga kim sababchi?