Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Starlink loyihasi doirasida sun’iy yo‘ldoshlarning navbatdagi partiyasini uchirdi. Ushbu jarayon YouTube orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi.
Orbital aloqaning 60 ta sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Falcon 9 raketasi Toshkent vaqti bilan 19:56 da Florida shtatidagi Kanaveral sahrosidan uchirilgan. Raketaning ko‘p martalik tayanchi Of Course I Still Love You suzuvchi platformasiga Atlantika okeanining sharqiy sohillariga qo‘ngan. Kompaniya o‘z Twitter’dagi sahifasida bu to‘rtinchi uchish va tayanchning ilk bor qo‘ndirilishi ekanini bildirgan.
Mazkur jarayonga guvoh bo‘lgan Turkiyaliklar osmonda yulduzga o‘xshash porloq jismni ko‘rib hayrat va hayajonlarini yashira olishmadi. Ular tezda qo‘l telefonlari orqali manzarani suratga olishga urinishdi.
Ushbu go‘zal manzaraga guvoh bo‘lgan Istanbuldagi mahalliy aholi kishilaridan biri shunday deydi:
«Avvaliga bu go‘zal manzarani ko‘rib, juda hayajonlandik. Uni dumli yulduz degan xayolga bordik. Lekin uning aslida Maskning internet sun’iy yo‘ldoshlari ekanligi ma’lum bo‘ldi».
Eslatib o‘tamiz:
2019 yilda Ilon Mask asos solgan SpaceX shirkati 24 may kuni koinotga uchirgan 60 ta mini sun’iy yo‘ldosh Toshkentda ham ko‘ringan edi.
Internetda 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi Toshkent osmonida 60 ta sun’iy yo‘ldosh bir qatorga tizilib uchib o‘tgani to‘g‘risidagi videolar paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lgandik.
Dilbar Rajabova tayyorladi