25—26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning an’anaviy dushanba brifingi biroz tanaffusdan so‘ng yana qayta tiklandi va kelgusi haftadan yangi formatda davom etadi.

Tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

28—29 iyul kunlari Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Prezidentning Tashkilot tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 25—26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi va unda 20 dan ortiq davlat delegasiyalari ishtirok etadi. Ularga Shavkat Mirziyoyev murojaat yo‘llashi kutilmoqda.