Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun yuqori maoshli ish taklif etilmoqda

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga taklif etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

– umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo‘limlarida kamida 2 yillik tajriba (faqat bemorlarni parvarishlagan);
– 39 yoshgacha;
– sudlanmagan;
– jismonan sog‘lom;
– tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan;
– bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyati;
– Toshkent shahrida tashkil etiladigan 10 oylik nemis tili kursida o‘qish va kurs davomida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaslik;
– Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.
Stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi.

Nomzodlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

Toshkent shahrida bepul turar joy;
o‘quv xonasi;
stipendiya.

Shuningdek, quyidagi xarajatlar qoplab beriladi va xizmatlar kafolatlanadi:
nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;
til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 100 yevrodan, nafaqa, sug‘urta, ta’til) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Batafsil ma’lumot olish

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 40, 88) yoki 1282 qisqa raqami.