Xushbo‘y giyohlarning foydali jihatlari

•Qattiq charchasangiz – po‘rtahol (apelsin), yarongul, turinj (limon), qoraarcha, yalpiz hidlang.

•Bosh og‘rig‘i, asab toliqishida – rayhon, qalampirmunchoq (chinnigul), limon, yalpiz hidlang, ularga qarab o‘tiring.

•Uyqusizlikda – rayhon, yosumanguli (jasmin), arpabodiyon, dolchin hidlang.

•Aqliy toliqishda – rayhon, yalpiz, tizimgul, qoraarcha, jambil hidlang.

•Xotira susayganida – rayhon, qalampirmunchoq, atirgul, xushbo‘y olmalar hidlang, taomga qo‘shib tanovul qiling.

•Toliqishda – rayhon, tizimgul, dolchin, zanjabil hidlanadi, choyga yoki taomga ham qo‘shiladi.

•Asab buzilishida – arpabodiyon, vanilin, tog‘rayhon, lavzey hidlanadi.

•Vahimaga tushgan odam – arpabodiyon, po‘rtahol, atirgul hidlasin. Ularni yesa ham bo‘ladi.

•Ruhiy azoblanishda – po‘rtahol, dolchin, mirtagul, yalpiz, oqqarag‘ay, atirgul, marmarak hidlanadi.

•Tunda qo‘rquv yuz bersa – arpabodiyon, po‘rtahol, atirgul, sandal hidlanadi.

•Asabiy tarangliklar oqibatida terida dog‘lar paydo bo‘lsa – greyfrut, limono‘t, atirgul, moychechak hidlanadi.

•Soch to‘kilishida – greypfrut, zanjabil, qarag‘ay, marmarak, evkalipt hidlanadi.

•Yurak urishi tezlashganda – arpabodiyon, yalpiz, lavanda hidlanadi.

•Yurakda og‘riq paydo bo‘lsa – yarongul, lavanda, yalpiz, rozmarin olmasi hidlanadi.

•Oshqozon og‘rig‘ida – arpabodiyon, yalpiz, yirik nok, tizimgul, sarv bargi, rayhon, atirgul, qalampirmunchoq, qarag‘ay hidlanadi.

•Qonda qand moddasi oshsa – yorongul, greypfrut, limon, qoraarcha, evkalipt yordam beradi.

•Tananing himoya kuchi zaiflashganda – arpabodiyon, qalampirmunchoq, tog‘rayhon, archa shoxlari, qarag‘ay, dolchin, turinj (limon), yalpiz, noranj (mandarin), mirtagul, qoraarcha, oqqarag‘ay, rozmarin, moychechak, tog‘jambil, evkalipt shoxlari sizga quvvat beradi .