Bilasizmi?!

Chumoli o‘z og‘irligidan 50 baravar ko‘p yukni ko‘tara oladi.

Kolumbiyada aslo va aslo qizil chiroqda to‘xtamang, chunki jarima haddan ortiq katta.

O‘z uyida oyoqni oyoq ustiga chalkashtirib uzatib o‘tiradiganlar Nepalda bunday qila olishmaydi, chunki bu hurmatsizlik ma’nosini bildiradi. (Dunyo seni tog‘angmas)

Dunyodagi eng xavfli hasharot pashsha bo‘lib, har 12 soniyada bir kishi aynan shu pashsha chaqishidan hayotdan ko‘z yumadi.

Tez-tez niqobini almashtirib turadigan odamlar suvarakdan ibratlansa arziydi. Sababi suvarak yer yuzida 250 million yildan buyon mavjudligiga qaramasdan shu paytgacha umuman o‘zgarmagan.

Sichqonlar suvsizlikka tuyalardan ham ko‘proq chidamli hisoblanadi.

Suv, bizga ko‘ringanidek rangsiz emas. U nihoyatda och moviy rangli hisoblanadi.

Miyaning rangi pushti rangda, unga bu rangni qon beradi.

Ayollar hayoti davomida 4 kilogramm lab bo‘yog‘ini yeydilar.

Limonni nordon deysizmi? Adashasiz, uning tarkibida qulupnaynikidan ko‘ra ko‘proq shakar mavjud.

Dilbar Rajabova tayyorladi