Hindistonda chaqmoq urishi oqibatida 20 kishi vafot etdi

Hindistonda har yili yomg‘irlar faslida yuzlab kishilar chaqmoq urishi natijasida vafot etadi.

Hindistonning Bihar viloyatida 8 ta tumanda 24 soat ichida 20 kishi chaqmoq urishi tufayli vafot etdi. Viloyatning shimolida bugun va ertaga ham shiddatli momaqaldiroq va yomg‘ir kutilmoqda. Bihar viloyati hokimi Nitish Kumar xalqqa murojaat qilib mutaxasislarning tavsiyalariga rioya qilish haqida ogohlantirdi.

Hindistonda har yili yomg‘ir faslida chaqmoq sababidan yuzlab odamlar hayotdan ko‘z yumadi. O‘lkada o‘lim ko‘pligining bitta sababi chaqmoq bo‘lsa, yana boshqa sababi Hindistonda ko‘pchilikning ochiq maydonda og‘ir mehnat qilishidir.

Kumar vafot etgan kishilarning oilalarining har biriga 400 ming rupiy (5008 dollar) berilishini aytdi.
Mahalliy gazetalardagi xabarlarga ko‘ra, Kumar o‘tgan hafta rasmiy tashkilotlarni yig‘ib, kasalxona va jamoat binolariga chaqmoqdan himoyalanadigan maxsus tayoqcha o‘rnatishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz:
Hindiston Tropik Meteorologiya Institutining xabar qilishicha, chaqmoq chaqishlari soni 1995-2014 yillar orasida tez suratda ortgani kuzatilgan.

Dilbar Rajabova tayyorladi