Qoraqalpogʻistondagi namoyishlarda 15 sutkaga qamalganlar qabulxonasiga hujum qilingani maʼlum boʻldi

Komissiya aʼzolarining keyingi manzili Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV JXXvaJTSBning Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonasi boʻldi.

Qayd etish lozimki, namoyish kuni Maxsus qabulxonaga ham hujum uyushtirilgan natijada darvoza, devorlar va binoga zarar yetkazilgan.

Tashrif chogʻida, ushbu Maxsus qabulxonada shaxslarni saqlab turish, ovqatlanish, tibbiy xizmat hamda madaniy xordik chiqarishlariga moʻljallangan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi. Shuningdek, saqlanayotgan fuqarolar bilan suxbatlar oʻtkazildi.

Maʼlum boʻlishicha, Maxsus qabulxonada shaxslarni saqlash xonalari (kameralar) va boshqa obyektlar videokuzatuv moslamalari bilan toʻliq jixozlangan. Monitoringda komissiya aʼzolariga kuzatuv tasvirlari respublika boʻylab yagona tizimga biriktirilgani va tasvirlarni oʻchirib tashlashning imkoni yoʻqligi tushuntirildi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish boʻyicha tuzilgan komissiya aʼzolari Qoraqalpogʻistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi.