Qashqadaryoda bank rahbari fuqarodan tirikligini isbotlovchi “spravka” soʻragani aytilmoqda

Kredit olish uchun bankka borgan fuqaro bank rahbari undan yashayotganligi haqida maʼlumotnoma talab qilganini aytib, bu maʼlumotni qayerdan olish mumkinligini soʻrab, prezidentga murojaat qildi.

«Hamma hujjatlarim joyida. Shu sababdan boshliqning oldiga borishimni aytishdi. Kirsam, bank rahbari qoʻlimdan barcha hujjatlarni oldi. Hujjatlarim joyidaligini aytdi, keyin esa tirikligimni tasdiqlovchi maʼlumotnoma olib kelishimni soʻradi. Men bilan gaplashayotgan bank rahbari mening tirikligimga ishonmayapti va bu faktni tasdiqlovchi hujjat olib keling, deydi. Aytingchi, borligimni tasdiqlovchi hujjatni menga kim beradi? — deya murojaat yoʻllagan erkak.