Shavkat Mirziyoyev «Astrum» akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda, deya xabar berdi Prezident matbuot kotibi.
Xabarga ko‘ra, Prezident e’tiborni kuchaytirib, yoshlarga ozgina sharoit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirgan.
«Bugungi muloqotimizni o‘tkazish uchun ‘Astrum’ akademiyasini bejizga tanlamadim. Bu yerda yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallayotgani, ayniqsa, o‘qish davomidayoq daromad topayotgani quvonarli albatta», — degan Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lum qilinishicha, boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo‘lganlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, barcha masalalarini hal qilib beriladi. Prezident bu bo‘yicha viloyat hokimlariga topshiriq bergan.
Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berilgan.
Dilbar Rajabova tayyorladi