Ispaniya prokuraturasi qo‘shiqchi Shakirani soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab, sakkiz yilu ikki oyga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ramoqda. Shuningdek, u 23 million yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin, deya xabar beradi Euronews telekanali.
Ayblov ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p vaqtini Barselonada o‘tkazgan kolumbiyalik qo‘shiqchi 14,5 million yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamaslik bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Ilgari Shakira prokuratura bilan masalani sudsiz hal qilish mumkin bo‘lgan kelishuvdan bosh tortgandi.