Yangi Zellandiya, koronovirus pandemiyasidan so‘ng ilk bor chegaralarini butunlay ochdi. Fevral oyidan boshlab sekin-asta cheklovlarni bekor qila boshlagan Yangi Zellandiyaga endilikda dunyoning barcha davlatlaridan sayyohlar kelishi mumkin.
Sovid-19 sababli 2020 yil mart oyida birinchilardan bo‘lib chegaralarini yopgan Yangi Zellandiya, Avstralya bilan kelishilgan qisqa fursatli sayohatga ruxsat berishdan tashqari xorijliklarga chegarasini ochmagan edi.
Yangi Zellandiya Prezidenti Jasinda Ardern, bugungi chiqishida bu qadamning nihoyatda muhim ekanligini, faqat dunyo haliyam pandemiya bilan kurashayotgan bir vaziyatda insonlarning salomatligini asrash eng birlamchi vazifa ekanligini ta’kidladi.
Yangi Zellandiyaga tashrif buyuradigan sayyohlarning hammasi emlangan bo‘lishi shart hamda davlatga tashrif buyurganlar test topshiradilar. Lekin bugundan e’tiboran karantin cheklovlari bekor qilindi.
Shuningdek, Yangi Zellandiyaga kirish uchun vizaga ehtiyoji bo‘lganlar va davlatda yashayotgan talabalar uchun ham cheklovlar olib tashlanadi.
Chegaralarning ochilishi sabab o‘lkadagi maktablarning va universitetlarning qayta jonlanishi, buning davlat iqtisodiyotiga katta foyda keltirishidan umid qilinyapti.
Yangi Zellandiyaning Turizm sohasi bo‘yicha vaziri Styuart Nash bu qarorning mahalliy ishlab chiqarish sanoatlari uchun ham katta foyda keltirishini aytib o‘tdi.
Dunyo bo‘yicha kunlik Covid-19 ga chalinganlar borasidagi tahlillar natijasiga ko‘ra, Yangi Zellandiya hozirda yettinchi o‘rinda.
Aukland Universiteti esa o‘tgan hafta olib borgan tahlillar jarayonida chegaralarning ochilishi kasallikka chalinganlarning sonini 4 baravar oshishiga sabab bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Dilbar Rajabova tayyorladi