AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (CES) uchun kompaniya hujjatlariga ko‘ra, Amerika elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla Inc kompaniyasi joriy yilning birinchi yarmida bitkoinning qadrsizlanishi tufayli 170 million dollar zarar ko‘rdi.
Shu bilan birga, kompaniya kriptovalyutalarni sotish bo‘yicha bir qator operatsiyalardan 64 million dollar daromad oldi.
Tesla bosh direktori Ilon Mask o‘tgan haftada kompaniya joriy yilning ikkinchi choragida Shanxaydagi korxonaning koronavirus blokirovkasi tufayli yopilishi fonida naqd pul yig‘ish uchun 936 million dollarlik bitkoin sotganini aytdi.