Dollarning rasmiy kursi besh barobar oshdi — Kuba

Kuba Markaziy banki AQSH dollarining rasmiy kursini bir dollar uchun 120 kuba pesosi qilib belgiladi, bu amaldagi kursdan besh baravar ko‘p (bir dollar uchun 24 peso). Bu haqda “TASS” respublika davlat televideniyesiga tayanib ma’lum qildi.

Shuningdek, payshanba kunidan boshlab boshqa xorijiy valyutalar kurslari oshishi xabar qilingan. Xususan, yevro 122 pesodan oshadi, endi uning kursi bir yevro uchun deyarli 24 pesoni tashkil etadi.

Kuba banklari bir yildan ortiq vaqtdan beri taqiqlangan AQSH dollarini sotib olishni boshlaydi.