Davlat boshqaruvi akademiyasi eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformasiya qilinadi

Mutasaddilarga bir oy muddatda:

➖ xorijiy hamkorlar va nufuzli o‘quv markazlari bilan birga qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

➖ xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va yil yakuniga qadar 5 ming nafar davlat xizmatchisini o‘qitish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazi faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, o‘qitish dasturlari va metodikalarini yangilash, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlaydi.