Qushlar chiqindilarimiz ichida yashash uchun kurashmoqda

Antarktikadan tashqari dunyoning boshqa barcha hududlarda qushlar chiqindilar orasida yashashga majbur bo‘layotgani kuzatildi.

Yevropa ittifoqi “Qushlarni asrab-avaylash va chiqindilar” nomli loyiha asosida dunyoning turli joylaridan shu mavzu bilan bog‘liq suratlar yig‘moqda.

Kuşlar bazen çöplerimizi yemek sanıyor

Loyiha, chiqindilarimizning qushlarga qanday ta’sir qilishini tushunib yetishimiz hamda uning oldini olishni maqsad qilgan. Odamlarning jo‘natgan suratlari loyihaning veb saytiga joylanmoqda.

Loyihaga rahbarlik qilayotgan olimlar suratlarda ko‘pincha baliq ovlash uchun to‘rlar, yuzga taqiladigan niqob kabilarning aks etgani yoki ularga qushlarning in qurganliklari o‘z ifodasini topganligini ta’kidlashmoqda.

bir kuşa dolanmış bir maske

Tadqiqotchi doktor Aleks Bond Londradagi Tabiat Tarixi Muzeyi uyida shu loyiha bo‘yicha izlanishlar olib boryapti. Bond: “Agar qushlar uyasini daraxt shoxiga qursa, ichida plastik chiqindilar bo‘lishi ehtimoli yanada yuqori bo‘ladi. Bu borada tekshiruvlar olib borsangiz dunyoning barcha o‘lkalarida xuddi shu holat kuzatilayotganiga guvoh bo‘lasiz. Plastik chiqindilar global muammo. Bizga Yaponiya, Avstralya, Shri Lanka, Anglya va Shimoliy Amerikadan suratlar jo‘natishdi” deydi.

Tadqiqotchilar guruhi, chiqindilarning asosiy qismi, 100 da 25 % i pandemiya vaqtida ishlatilgan niqoblar va qo‘lqoplar ekanligini aniqlashdi.

Ağzına maske dolanmış bir kuş

Bond: “Aksariyat qismi niqoblar bo‘lib, tibbiy niqoblar uchun turli materiallar ishlatiladi. Niqoblar gohida qushlarning oyog‘iga osilib turganini, ba’zan esa niqobning burun uchun mo‘ljallangan qattiq qismini qushlar yeyishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin” deydi.

2020 yil aprelda bir qushning niqobga oyoqlaridan osilib, daraxt shoxida turgan holati aks etgan surat tarqaldi. Keyinchalik bunday suratlar ko‘payib ketdi. Bu esa qisqa fursatda odamlarning atrof-muhitga qanchalik zarar berayotganidan dalolat beradi.

Kuşlar yuvalarını yaparken yanlışıkla plastik parçaları da kullanabiliyor

Yuqoridagi mulohazalardan ma’lum bo‘ladiki, tishni tozalash yoki boshqa tozalik uchun qilayotgan urinishlarimiz dunyoni qutqara olmaydi. Atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun faqatgina uyimizni tozalash emas, balki ostonadan tashqaridagi hayotga ham jiddiy qarashimiz talab etiladi. Zero, yer yuzida bizdan boshqa jonzotlar ham sog‘lom hayot kechirishga, toza havodan nafas olishga to‘laqonli haqlidirlar.

Boynuna maske dolanmış bir kuş

Dilbar Rajabova tayyorladi