Daraxt turlari hamda navlari borasida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, oldingi xulosalarga qaraganda ancha farqli holat kuzatildi.
Tadqiqotchilar, bu borada ilk marta ishonchli ilmiy tekshiruv olib borilayotiganini ta’kidlashdi.
Bugungi kungacha dunyo miqyosida 73 ming 300 ta daraxt turi mavjudligi aniqlandi, biroq tadqiqotchilar hali kashf etilmagan 9 ming 200 ta tur borligini taxmin qilishmoqda.
Ming afsuslar bo‘lsinki, nodir daraxt navlarining ko‘pchiligi tropik o‘rmonlarda o‘sadi, ushbu o‘rmonlar esa iqlimning yomonlashishi va o‘rmonlarning yo‘qolib ketayotgani tufayli yuqori suratda kamayib bormoqda.
Haligacha kashf qilinmagan daraxt turlari
140 ga yaqin tadqiqotchi tomonidan olib borilayotgan ushbu tahlillarning xulosasi, dunyoda 100 mingdan ortiq o‘rmon hududlarida mavjud bo‘lgan millionlab daraxtlar qayd etilgan ma’lumotlardan foydalanish orqali yuzaga keldi.
Tadqiqotchilar, insonlarning oziq-ovqat, yoqilg‘i, yog‘och va dori-darmonga ehtiyojimiz bo‘lganidek, ayni paytda iqlimning yomonlashishiga qarshi kurashishimizda bizga ko‘mak beradigan bu jonli tabiatni asrash uchun yanada ko‘proq harakat qilishimiz lozimligini aytishmoqda.
Minnesota Universiteti O‘rmon Resurslari Bo‘limida faoliyat olib boradigan hamda ushbu tadqiqotga rahbarlik qilayotgan doktor Peter Richning fikricha, ushbu tahlillar o‘rmonlarning xilma-xilligi masalasi qanchalik darajada nozik nuqtaga kelib qolganligini ko‘rsatmoqda.
ВВС bilan suhbat qilgan Rich “Qo‘lga kiritgan ma’lumotlarimiz bizga qaysi hududlarda o‘rmonlar borasida tahlika yuqori ekanligini aniqlashda katta yordam beradi” deydi va fikrini davom ettirib:
“Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo mintaqalarida bizga ma’lum bo‘lgan daraxt turlari, shuningdek, avval hech uchratmagan nodir navlarning ham borligini kashf qildik. Ushbu mintaqalarni belgilab qo‘ysak, kelgusida ularni asrab-avaylash uchun olib boradigan ilmiy ishlarimizda yordam beradi”.
Milliy Fanlar Akademiyasi bayonotlari (РNAS) jurnalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hali kashf qilinmagan daraxt turlarining 100 dan 43 % i Janubiy Amerikada. Bu tartib quyidagi shaklda davom etadi:
- Yevrosiyo mintaqasi 22%
- Afrika 16%
- Shimoliy Amerika 15%
- Okeaniya mintaqasi 11%
Xilma-xilligi yuqori bo‘lgan o‘rmonlar
Dunyoda eng foydali va samarali o‘rmonlarning xilma-xillik darajasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganlarining ko‘pi tropik o‘lkalarda mavjud. Faqat bu o‘rmonlar bugungi kunda Gʻarbiy davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, iqlim o‘zgarishi hamda o‘rmon yong‘inlari sababli xavf ostida qolmoqda.
Oksford Universitetidan doktor Yadvinder Malhi tropik o‘rmonlar havoni karbonad angidriddan tozalash uchun nihoyatda zarur ekanligini, ayni paytda ular “Biologik xilma-xillikning xazinasi” ekanligini ta’kidladi.
Malhi: “Bu tadqiqot bizga tropik o‘rmonlardagi daraxt turlarining xilma-xilligi o‘ylaganimizdan ham ko‘proqligini ko‘rsatdi” dedi.
Dilbar Rajabova tayyorladi