Jizzaxda yuk mashinalar to‘qnashib, yonib ketdi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkita yuk mashinasi yonib ketdi.

Ma’lum qilinishicha, 6 avgust kuni soat 04:14 larda 4R avtomobil yo‘lining «Ko‘kgumbaz» MFY Qorong‘ul qishlog‘idan o‘tuvchi qismida 36 yoshli S.L. boshqaruvida bo‘lgan «Gazel» rusumli yuk avtomobili G‘allaorol—Jizzax yo‘nalishida boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada u qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 20 yoshli J.I. boshqaruvidagi furaga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan va shundan so‘ng «Gazel»da yong‘in chiqqan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun G‘allaorol tumani FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 04:31da yong‘in joyiga yetib borgan va soat 04:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida har ikkala avtomobilining salon qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.