Istanbulga uchayotgan samolyot bortidagi koʻngilsizlik tufayli Buxarestga qoʻndi

Mayamidan Istanbulga uchayotgan Turkish Airlines samolyoti bortidagi baxtsiz hodisa tufayli Buxarestga qoʻndi. Digi 24 xabariga koʻra, parvoz vaqtida yoʻlovchilardan birining tobi qochib vafot etgan.

Qoʻngandan soʻng aeroportning tibbiy guruhi va tez yordam mashinasi bortga koʻtarilgan. Shifokorlar bemorni jonlantirishga harakat qilishgan, ammo kech edi. Samolyotda 234 nafar yoʻlovchi boʻlgan.