Kuniga 200 marta qichqiradigan xo‘roz sababli egalari sudga berildi…

Bu g‘aroyib hodisa Olmoniyada yuz berdi. Keksa juftlik kuniga 200 marta qichqiradigan xo‘roz sababli qo‘shnisini sudga berdi.
76 yoshli juftlik, Magda laqabli xo‘roz tongi soat 08:00 dan boshlab qichqira boshlashi va kunning qolgan qismida ham to‘xtamasligidan shikoyat qildi.

Gaplarini isbotlash uchun xo‘roz necha marta qichqirganini yozib olgan keksa juftlik xo‘rozning uydan chiqarilishini so‘rashgan.

Fridrix Vilgelm Olmon ichki ishlar xodimiga “Bog‘imizda bemalol sayr qilolmaymiz, uyning derazalarini ham ocholmaymiz. Qo‘shnilar ham, biz ham ko‘p marta o‘zlariga shikoyat qildik. Lekin xo‘rozning egasi Maykl undan voz kechmayapti” dedi.

Xo‘rozning egasi 50 yoshli Maykl esa tovuqlari borligi uchunam xo‘rozga ehtiyoji borligini bildirdi. Shuningdek, Maykl 2018 yilda tuxum iste’moli uchun 5 ta jo‘ja sotib olganini, ulardan birining xo‘roz ekanligini aytdi.

Dilbar Rajabova tayyorladi