Hindistonlik yurist, 25 syent uchun 22 yil kurashdi va g‘alaba qozondi

Hindistonlik yurist poyezd uchun ikkita bilet olgan va 25 syent ortiqcha to‘lov qilgan. Ushbu mablag‘ni qaytarib olish uchun 22 yil davomida kurashdi va oxiri yutib chiqdi.

Tungnath Chaturvedi, ushbu ikkita biletni 1999 yil olgan edi. Voqea o‘lkaning shimolidagi Uttar Pradesh viloyatida, “Mathura” poyezd stansiyasida bo‘lgan.

22 yil davom etgan da’vodan keyin iste’molchilar sudi Chaturvedining foydasiga hukm chiqardi va ortiqcha bergan pulini ziyodasi bilan qaytarish haqida xulosa berdi.

VVS ga bergan intervyusida 66 yoshli Chaturvedi, ushbu ariza yuzasidan 100 dan ortiq sudda qatnashganini aytdi hamda “Bu da’vo bo‘yicha yo‘qotgan vaqtim va quvvatimning badalini to‘lab bo‘lmaydi” dedi.

Sudning bunchalik cho‘zilib ketishiga sabab adolatning yuzaga chiqishi juda qiyinligi bilan izohlagan Chaturvedining fikriga qarshi o‘laroq advokat, bunga sabab orada sudyalarning ta’tilga chiqqani yoki nafaqaga chiqib ketishganini ta’kidladi.

Oila a’zolari Chaturvedini bir necha bor arizasini qaytarib olishga ko‘ndirmoqchi bo‘lishdi, chunki yurist nihoyatda ruhan ezilgan edi.

Biroq Chaturvedi boshlagan ishidan umuman voz kechmadi.
Chaturvedi, “Buyerda gap pulda emas. Bu adolatsizlik bilan kurash bo‘ldi. Shu sababli ham kurashishga arziydi. Qolaversa, men o‘zim yurist bo‘lganligim uchun advokatlik to‘lovini qilishga hojat qolmadi. Agar shunday bo‘lmaganda haqiqatdan bu ishim menga juda qimmatga tushgan bo‘lardi” dedi.

Dilbar Rajabova tayyorladi