Davlat chegarasi orqali quyidagilar navbatsiz o‘tkaziladi:
– qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar va ular ketayotgan avtotransportlar;
– og‘ir bemorlar, homilador va nogironlar, 7 yoshgacha bolalar, ularga hamrohlik qiluvchilar va ular ketayotgan avtotransportlar;
– xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni muntazam tashiydigan transportlar;
– tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, OAV uchun xabarlar va boshqa materiallar;
– tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur bo‘lgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib o‘tiladigan transportlar;
– Prezidenti Administrasiyasi yoki Hukumatning tegishli yozma topshirig‘iga muvofiq shaxslar, transportlar va tovarlar;
– O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;
– O‘zbekistonning oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.