Gʻarb Zelenskiyni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi

NATO ittifoqchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni zaiflashtiruvchi mojarodan qochish uchun mag‘lubiyatni tan olishga ko‘ndirishlari kerak. Bu haqda Amerikaning The National Interest jurnali yozgan.

“Endi NATO ittifoqchilari Zelenskiy bilan birgalikda uzoq muddatli istiqbolli strategiya, real maqsadlarga ega reja ishlab chiqishlari kerak. NATO ittifoqchilari faol ravishda de-fakto, hech bo‘lmaganda vaqtincha yutqazganini tan olishini boshlashlari kerak. Buning muqobil varianti davomiy, uzoq davom etadigan, mashaqqatli to‘qnashuv bo‘lishi mumkin, bu esa barcha insoniy xarajatlarga olib keladi”, deya yozadi gazeta.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani demilitarizasiya va denaziyalashtirish bo‘yicha maxsus operasiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus operasiyaning yakuniy maqsadi Donbassni ozod qilish ekanini aytdi. Davlat rahbari Ukraina Qurolli Kuchlarining jazolash amaliyotidan KXDR va LXRdagi tinch aholi jabr ko‘rganini ta’kidlagan. 2 avgust kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Donbassni ozod qilish reja bo‘yicha ketayotganini ma’lum qilgandi.