Makdonald tomonidan berilgan xabarda, Rossiyaning Ukrainaga hujumlari davom etayotgan bir paytda, kelgusi bir necha oy ichida Ukrainadagi restoranlarini qayta ishga tushirishini rejalashtirayotganini eʼlon qildi.
Rossiyaning hujumlari sabab mart oyida Rossiya va Ukrainadagi barcha restoranlarini yopishga qaror qilgan Makdonald, Ukrainadagi restoranlarini yana ishga tushirishini aytdi. Makdonaldning aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga hujumlari davom etarkan, Gʻarbdagi bir nechta korxonaning Ukrainada yana faoliyatini boshlaganiga urgʻu berdi. “Ukrainalik rasmiylar va xavfsizlik tashkilotlari bilan oʻzaro kelishuv asosida, shuningdek, ishchilarning ishga qaytish haqidagi talablarini hisobga olib, qayta ishga tushish xulosasiga kelindi” deyiladi xabarda.
Birinchi boʻlib Kiyevda ochiladi
Makdonald, mahsulotlarni restoranga olib borish hamda kelishuvga binoan ishchilarning xavfsizligining taʼminlanishini bildirib, birinchi boʻlib, hujumlardan oʻzini eng yaxshi holatda himoya qilgan Kiyevda va gʻarbiy Ukrainada restoranlarning ishga tushishini eʼlon qildi.
Ukrainada 109 restoran
Ukrainada 109 ta restoranga ega boʻlgan Makdonald, nechta restoranini ishga tushirishini aytmadi. Shirkat, may oyida Rossiyadagi faoliyatini toʻxtatmoqchi ekanligini aytib, 850 ta restoranining yarmidan koʻpini mahalliy litsenziyaga ega boʻlganlardan biriga sotgandi.
Rossiya hujumlari sababli Ukraina hukumati, iqtisodiyotiga zarar yetishining oldini olish uchun biznesini urushdan talofat koʻrgan mintaqalardan gʻarbga koʻchirish dasturini boshlagandi.
KFS va pizza Hut egasi Yum Brands, shu oyning boshida oʻlkadagi barcha oʻziga qarashli restoranlarni ochganini aytgan edi.
Dilbar Rajabova tayyorladi