Checheniston rahbari Ramzan Qodirov G‘arb siyosatchilariga murojaat qilib, ularga Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb dunyosi haligacha bir narsani anglay olmayapti: zamonaviy Rossiya allaqachon “Gorbachyov ittifoq respublikalari” va “fitna, taqchillik va defoltda qurilgan Yelsin hududi” bo‘lmay qolgan.
“Bu allachaqon kuchli va qudratli Rossiya, va siz, G‘arb siyosatchilari, Rossiya Federatsiyasining barbod qilish strategiyasini emas, balki G‘arb tomonidan talangan va kamsitilgan mamlakatdan 20 yildan oshiqroq vaqt ichida qudratli siyosiy tartibli, strategik maqsadlarni inobatga olgan holda yangidan tuzilgan, toblangan va bukilmaydigan davlatga aylangan mamlakat bilan hamkorlik qilish munosabatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak”, — deya yozdi Qodirov o‘zining telegram kanalida.