Navoiy viloyatidagi istirohat bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in 11 avgust kuni soat 15:15 da Qiziltepa tumanida joylashgan “Madaniyat» istirohat bog‘i kirish qismida yuz bergan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:19 da o‘rab olingan va soat 15:21 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida istirohat bog‘iga kirish arkasining 3 kv.m maydonida shift qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida arkaning 25 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.