Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohat oldi. Yana 100 ga yaqin odamning taqdiri noma’lum, ular qidirilmoqda.
Tabiiy ofatga bir vaqtning o‘zida Afg‘onistonning bir qancha viloyatlarida sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan. Daryolarda suv sathi keskin ko‘tarilgan. Shuningdek, 60 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qildi, 200 ga yaqin turar-joy binolari zarar ko‘rdi.