Xorijdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga yana imkoniyat beriladi

Ko‘p sonli talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash va belgilangan to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha bir kun berildi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16 avgust 18:00 ga qadar tahrirlab, to‘lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishlari mumkin.